“SHARQ TARONALARI” XALQARO FESTIVALIGA DUNYO MIQYOSIDA QIZIQISH YIL SAYIN OSHIB BORMOQDA – AFG?ONISTONLIK SAN’ATKORLAR

20.08.2019 14:25

KOBUL, 26 avgust. /”Dunyo” AA/. Kobul davlat universiteti musiqa fakulteti qoshida tashkil etilgan “Haft goh” (Yetti nota) musiqiy guruhi a’zolari “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalida qatnashadi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Festival arafasida mazkur ijodiy jamoa rahbari Vahidulla Sog‘ar “Dunyo” axborot agentligiga intervyu berdi.

 - Men madaniyat xodimi sifatida O‘zbekistonda madaniy sohada olib borilayotgan islohot va yutuqlarni katta qiziqish bilan kuzatib boraman, - deydi u. - Mamlakatda “Sharq taronalari” xalqaro festivali, maqom va baxshichilik san’atlariga bag‘ishlab anjumanlarning doimiy ravishda o‘tkazilib kelinayotgani O‘zbekiston rahbariyati va xalqining o‘z tarixiy merosi va an’analarini asrab-avaylash uchun jon kuydirayotganidan dalolat beradi.

 Afg‘oniston san’atkorlari “Sharq taronalari” festivalining doimiy ishtirokchilari hisoblanadi. 2013 yil “Pomir” musiqiy guruhi a’zolari xalqaro anjumanda birinchi o‘rinni egallagani biz uchun faxrdir.

 Bunday xalqaro darajadagi madaniy tadbirlar dunyo xalqlarini bir-biri bilan yanada yaqinlashishiga xizmat qilishiga ishonamiz.   

 “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida qatnashayotgan davlatlar sonini olib qaraydigan bo‘lsak, mazkur anjumanga dunyo miqyosida qiziqish kun sayin oshib borayotganini ko‘ramiz.

 Bu yilgi festivalda “Haft goh” musiqiy guruhi a’zolari ham ishtirok etayotganidan juda mamnunmiz. Biz mazkur san’at anjumanini ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net