«SHARQ TARONALARI» FESTIVALI DUNYONING TO?RT QIT’ASIDA TANILGAN XALQARO BRENDDIR» - TURKIYALIK SOZANDA

29.08.2019 14:26

SAMARQAND, 29-avgust. /Dunyo” AA/. «Sharq taronalari» XII xalqaro musiqa festivalida istanbullik mohir sozanda Emine Bostanchi ham qatnashmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Festivaldan olayotgan taassurotlari haqida u quyidagilarni so‘zlab berdi.

 - Qadimiy shaharda an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan «Sharq taronalari» festivalini bir bor bo‘lsada o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rishni, undan bahramand bo‘lishni orzu qilar edim, - deydi u. - Ne baxt-ki, bu yil ushbu ezgu niyatim amalga oshdi. Zamonaviy bashariyatning san’at dunyosida munosib o‘ringa ega bo‘lib borayotgan mashhur anjumanda musiqa shaydolari bilan o‘zimning kamtorona mashqlarim bilan o‘rtoqlashayotganimdan mamnunman.

 Bu yerda olamshumul musiqa bayrami va taniqli san’at ustalari bilan uchrashishdek ajobiy muhit bilan birgalikda O‘zbekistonning bo‘ston kabi ufurib turgan jozibadorligi, Samarqanddek qadim va navqiron shaharning sehrli tafti hamda qardosh o‘zbek xalqining iliq munosabatidan betakror tuyg‘ular his etmoqdamiz.

 Nazarimda O‘zbekiston bunday tadbirlarni tashkil etish bilan dunyoda go‘zallik, ezgulik, o‘zaro murosa va hamjihatlikni rag‘batlantirishga muhim amaliy hissa qo‘shmoqda. Alg‘ov-dalg‘ov voqealarga, turli mojaro va tangliklarga boy bugungi kunlarda, menimcha, bunday tadbirlar tinchlik uchun kurashishning eng maqbul usullaridandir.

 Men ushbu festivalda “Mundus trio” jamoasi tarkibida ishtirok etmoqdaman. Bizning triomiz ham baynalmilal bo‘lib, uning tarkibida Niderlandiya, Turkiya va Iroq vakillari to‘plangan. Biz taqdim etayotgan musiqiy sayohat, jamoa a’zolarining kelib chiqishlaridek rang-barang bo‘lib, O‘rta Yer dengizi va Yaqin Sharq taronalarini, jaz uslubidagi va zamonaviy musiqani qamrab olgan.

 

“Mundus trio” jamoasi O‘rta Yer dengizi sharqi va G‘arb musiqa an’analarini bir-biriga uyg‘unlashtirgan holda rang-barang kuylar ijro etadi. Umumiy tili musiqa bo‘lgan har bir san’atkor ushbu uyg‘unlikka o‘z hissasini qo‘shmoqda va «Sharq taronalari» festivali bu jarayonning keng qamrovli shaklda dunyoga taratmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi, menimcha.

Biz mazkur olamshumul tadbirning barcha qatnashchilariga omad tilaymiz, o‘zbek xalqi va mamlakat rahbariyatiga bunday xayrli va savobli ishlari uchun minnatdorlik bildirib, ular sha’niga tinchlik, farovonlik va bardavom muvaffaqiyatlar tilab, duo qilamiz.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net