“SHARQ ATIRGULI” FESTIVALI

01.05.2019 16:49

Toshkent shahrida“Sharq atirguli” bolalar va yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi

Poytaxtimizda 2-6 may kunlari “Sharq atirguli” bolalar va yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tasarrufidagi “Sharq atirguli” bolalar ijod uyi tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda ilk bora xalqaro miqyosda tashkil etilayotgan festival oldidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

Yurtimizning madaniyati va san’atini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish, ko‘rik-tanlov va festivallarda mamlakatimiz yoshlari ishtirokini kuchaytirish g‘oyat muhimdir. Yoshlarni teatr va muzeylarga, konsert-tomosha tadbirlariga tizimli ravishda jalb etish orqali ularning ma’naviy-axloqiy, estetik va madaniy darajasini yanada yuksaltirish kabi katta maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan xalqaro festivalga qiziqish ancha yuqori. Vokal va raqs kabi yo‘nalishlarda tashkil etilayotgan tanlovda4 yoshdan 18 gachava 18 dan 28 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘z san’atini namoyon qiladi. Tanlovda qator xalqaro festivallar laureatlari, professional ijrochilar bilan bir qatorda yosh, endigina san’at ostonasiga qadam qo‘yayotgan havaskorlar ham ishtirok etadi. Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hindiston, Rossiya kabi davlatlardan ham ishtirokchilar kelishi kutilmoqda.

Qatnashchilar mahoratini turli davlatlar san’at vakillaridan iborat hakamlar hay’ati baholab boradi. Ular orasida mamlakatimizdan O‘zbekiston xalq artisti Rushana Sultonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Kumush Razzoqova, Kozim Qayumov, Omina Bobojonova kabi xalqimiz suygan san’atkorlar bor.

Xalqaro festival doirasida ishtirokchilarning yurtimizdagi tarixiy shaharlarga sayohati ham rejalashtirilgan.

(Manba: O‘zA)

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net