“O?ZBEK TILIDA MUSIQA BOR, U JOZIBADORLIGI, OHANGDORLIGI BILAN AJRALIB TURADI”

18.02.2019 15:27

Fevral oyi o‘zbekistonliklar uchun alohida ahamiyatga ega. Zero biz bu oyda g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud ayyomlari keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan “Dunyo” axborot agentligining Rossiyadagi muxbiri Moskva davlat tilshunoslik universiteti professor-o‘qituvchisi, dotsent, pedagogika fanlari nomzodia Beg‘am Karayeva bilan suhbatlashdi.

– Yaqinda ikki buyuk shoir va davlat arbobi – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud ayyomlari nishonlandi. Adabiyotimizning bu zabardast darg‘alari haqidagi mulohazalaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz...

– Ikki buyuk va dohiyona shoirimizning borligidan xalqimizning qalbi tog‘lar qadar yuksak. Qancha faxrlansak, qancha o‘qib, o‘rgansak shunchalar arziydi va ma’naviyatimiz ham shu qadar yuksaladi. Ushbu ijodkorlarning ilmiy merosi, she’riyati nihoyatda boy va betakrordir, ular yozgan asarlarni o‘qib, butun dunyo tilimizning ma’no xazinasi va jozibadorligi tan olmoqda.

So‘z mulki va she’riyat olamining sultoni, millat quyoshi degan nomlarni o‘z zamondoshlari davridayoq olgan hazrat Alisher Navoiy asarlarining nomlarini sanab o‘tishning o‘ziga qanchalar ko‘p vaqt ketishini o‘ylab ko‘rsak, bu xazina bebaho va naqadar tuganmas ekanligini aytish mumkin. “Xazoyin ul maoniy”, “Xamsa”, “Mezon ul avzon”, “Majolis un nafois”, “Muhokamat ul lug‘atayn”... Ularning har birini bir hayrat deyish mumkin.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dars berib yurgan kezlarimda notiqliq mahoratiga doir mashg‘ulotlardan birida hazrat Navoiydan bir fardni butun dars davomida tahlil qilgan edik. Ikki misra, tugallangan fikrdan iborat bir asar, olam-olam ma’nosi bor:

 

 

 

 

Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo‘q,

 

Futuvvat barcha qilmakdur, demak yo‘q.

 

Buning ma’nosi, oddiygina qilib aytganda, muruvvat ko‘rsatish, yaxshilik qilish, agar kezi kelganda o‘zimiz och qolsakda, boshqa bir muhtoj odamni ochliqdan qutqara olishdek ishni hamma qila olmaydi, buni qilish mumkindir, lekin undanda murakkabrog‘i bor, futuvvatli bo‘lish, demak, komil inson bo‘lish, qo‘ldan kelgancha yaxshilik qilib, bu haqda hech qachon, hech kimga hech narsa demaslik...

 

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida so‘z yuritsak, buyuk bobokalonimizning shoh va shoir sifatida xalqimiz va butun dunyo tarixida qanchalar ardoqlanishining o‘zi ham qalbimizni faxrga to‘ldiradi. Qirq yetti yillik qisqagina umri davrida, shu umrlarining ham o‘ttiz ikki yilini ot va egar ustida o‘tkazib, shu qadar o‘lmas asarlarni, o‘tli g‘azallarni, shoh baytlarni yozib qoldirishlari bizning faqat muhabbatimizga, hayratimizga sazovor.

 

Mening ko‘nglimki, gulning g‘unchasidek tah-batah qondur,

 

Agar yuz ming bahor o‘lsa, ochilmog‘i ne imkondur?

 

Bunday shoh baytlarni bitgan buyuk shoirni sevmaslikka haqqimiz yo‘q...

 

– Ustoz, siz qachondan beri beri Rossiyada o‘zbek tilini o‘qitib kelmoqdasiz?

 

– Moskva davlat tilshunoslik universitetida qirqqa yaqin chet tillari o‘rganiladi, ular orasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligisha a’zo mamlakatlar tillari ham mavjud. Zero universitet MDH mamlakatlari tillari va madaniyatini o‘rganish bo‘yicha tayanch tashkiloti bo‘lib, ular 2012 yildan buyon o‘qitib kelinadi.

 

Men O‘zbekiston vakili sifatida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Moskva davlat tilshunoslik universiteti o‘rtasidagi shartnoma asosida 2011 yildan beri rossiyalik talabalarga o‘zbek tilidan dars berib kelyapman. Shu davr ichida uch guruh talabalarimiz oliygohni tamomlashdi. Ular asosan bo‘lg‘usi tilshunoslar, siyosatshunoslar bo‘lib, o‘zbek tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘rganishadi. Bugungi kunda bitiruvchilarimiz orasida diplomatlar, siyosatshunoslar, ilmiy tadqiqotchilar bor. Ikki nafar shogirdim esa Moskva oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tilidan dars bermoqda.

 

– Sizning fikringizcha, Rossiyada o‘zbek tili va madaniyatiga qiziqish qay darajada?

 

– Bilasizmi, men talablarimizga dars berishni boshlagan paytlarimdanoq o‘zbek adabiyoti, madaniyati, tariximiz haqida yetarlicha ma’lumotlarni berishga harakat qilaman.

 

Oddiygina misol keltirsam. Hammamiz bilgan, ko‘rgan, qo‘limizda ushlagan milliy valyutamiz – 100 so‘mlikdagi tasvir. Unda miloddan avvalgi VIII-VI asrlarda Amudaryo xazinasidan topilgan bilaguzuk tasvirlangan. U oltindan tayyorlangan, bilaguzukning ikki chetida tog‘ echkilarining boshi tasvirlangan, bebaho san’at asari. Agar o‘sha davrlardayoq kimyo ilmidan xabardor bo‘lgan bobolarimiz tuproqdan oltinni ajratib olib, shunday san’at asarlarini yaratgan bo‘lsalar va ularni o‘z yaqinlari bo‘lgan ayollarga, qizlariga sovg‘a qilgan bo‘lsalar, bu bizning ajdodlarimiz qanday rivojlangan tamaddunga ega bo‘lganidan dalolat bermaydimi? Rossiyalik talabalar bu kabi ma’lumotlarni katta qiziqish bilan qabul qilmoqdalar.

 

Yana bir misol. Mintaqamizda X asrda yuz bergan Uyg‘onish davri, so‘ng XIV-XV asrlarda temuriylar davrida kechgan ikkinchi Uyg‘onish davrida xalqimiz qanchadan-qancha qomusiy olimlarni, buyuk shoirlarni, musavvirlarni, turli san’at vakillarini dunyoga taqdim etgani ma’lum. Ular insoniyat tamadduni, ilm-fani va madaniyatiga o‘chmas hissa qo‘shgan. Bunday buyuk xalqning tili, madaniyati boshqa xalqlarni bee’tibor qoldirmasligi shubhasiz. Mana shu kabi jihatlar ham tilimizni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni tobora orttirmoqda.

 

O‘zbekistonning dunyoga yuz tutib, jahon maydonida o‘z o‘rniga ega bo‘lib turishi ham dunyo ahlini tilimiz, madaniyatimizga nisbatan befarq qoldirmaydi. Rossiyalik talabalar ham o‘zbekona urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni, adabiyotimiz, tariximizni nihoyatda katta qiziqish bilan o‘rganishayotir, bizning qo‘shiqlarimizni ham sevib ijro qilishadi.

– So‘nggi yillarda yurtimizda milliy tilimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilgani bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi. Shu ma’noda, tenglararo teng bo‘lgan o‘zbek tilining hozirgi avholi, ona tili ta’limining holati, bu borada erishilgan yutuqlar haqidagi fikrlaringizni bilishdan mamnun bo‘lar edik...

 

– Kuni kecha, buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning 578 yilligiga bag‘ishlanib Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida birinchi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatib turgan ko‘plab xorij davlatlar elchilari, chet ellik navoiyshunos olimlar, keng jamoatchilik vakillaring ishtirok etishlari nafaqat buyuk shoirimiz, balki xalqimiz, tilimiz, madaniyatimizga bo‘lgan e’tiborni ko‘rsatib turibdi.

 

O‘zbek tili asosan qarluq-chigil lahjasida bulsada, turkiy tillarning boshqa, ya’ni o‘g‘uz va qipchoq lahjalarini ham o‘z ichiga oladi. Bu ham tilimizning qanchalar boyligini ko‘rsatadi, arab, fors, urdu, pushtu va boshqa ko‘plab tillardan o‘zlashgan so‘zlar esa tilimizni yanada boyligini va murakkabligini ta’minlaydi. Shu sababli ham tilimizni o‘rganish ham oson, ham qiyindir. O‘zbek tilida musiqa bor, u jozibadorligi, ohangdorligi bilan ajralib turadi.

 

Tilimizning o‘ziga xos tovushlari ham jalb etadi. O‘zbekiston Qahramoni, ulug‘ shoirimiz Erkin Vohidovning quyidagi misralarini olib qaraylik, qanchalar go‘zal! Bir quloq soling-a:

 

Qora qoshing, qalam qoshing,

 

Qiyiq qayrilma qoshing qiz.

 

Qilur qatlimga qasd qayrab ,

 

Qilich qotil qaroshing qiz.

 

Qafasda qalb qushin qiynab,

 

Qanot qoqmoqqa qo‘ymaysen,

 

Qarab quygil qiyo, qalbimni

 

Qizdirsin quyoshing qiz.

 

Keyingi yillarda o‘zbek tilini o‘qitish borasida adabiyotlarning chop etilayotganligi juda quvonarli hol. Lekin shunga qaramasdan, buni yetarli deb bo‘lmaydi. Moskva davlat tilshunoslik universitetida ishlash davomida “Учебник узбекского языка для стран СНГ” deb nomlangan darsligimiz chop etildi. Bu ham tilimizni o‘rganuvchilar uchun sharoit yaratishdagi urinishlardan biri.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dars berib yurgan kezlarimda notiqliq mahoratiga doir mashg‘ulotlardan birida hazrat Navoiydan bir fardni butun dars davomida tahlil qilgan edik. Ikki misra, tugallangan fikrdan iborat bir asar, olam-olam ma’nosi bor:

 

 

 

 

Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo‘q,

 

Futuvvat barcha qilmakdur, demak yo‘q.

 

Buning ma’nosi, oddiygina qilib aytganda, muruvvat ko‘rsatish, yaxshilik qilish, agar kezi kelganda o‘zimiz och qolsakda, boshqa bir muhtoj odamni ochliqdan qutqara olishdek ishni hamma qila olmaydi, buni qilish mumkindir, lekin undanda murakkabrog‘i bor, futuvvatli bo‘lish, demak, komil inson bo‘lish, qo‘ldan kelgancha yaxshilik qilib, bu haqda hech qachon, hech kimga hech narsa demaslik...

 

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida so‘z yuritsak, buyuk bobokalonimizning shoh va shoir sifatida xalqimiz va butun dunyo tarixida qanchalar ardoqlanishining o‘zi ham qalbimizni faxrga to‘ldiradi. Qirq yetti yillik qisqagina umri davrida, shu umrlarining ham o‘ttiz ikki yilini ot va egar ustida o‘tkazib, shu qadar o‘lmas asarlarni, o‘tli g‘azallarni, shoh baytlarni yozib qoldirishlari bizning faqat muhabbatimizga, hayratimizga sazovor.

 

Mening ko‘nglimki, gulning g‘unchasidek tah-batah qondur,

 

Agar yuz ming bahor o‘lsa, ochilmog‘i ne imkondur?

 

Bunday shoh baytlarni bitgan buyuk shoirni sevmaslikka haqqimiz yo‘q...

 

– Ustoz, siz qachondan beri beri Rossiyada o‘zbek tilini o‘qitib kelmoqdasiz?

 

– Moskva davlat tilshunoslik universitetida qirqqa yaqin chet tillari o‘rganiladi, ular orasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligisha a’zo mamlakatlar tillari ham mavjud. Zero universitet MDH mamlakatlari tillari va madaniyatini o‘rganish bo‘yicha tayanch tashkiloti bo‘lib, ular 2012 yildan buyon o‘qitib kelinadi.

 

Men O‘zbekiston vakili sifatida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Moskva davlat tilshunoslik universiteti o‘rtasidagi shartnoma asosida 2011 yildan beri rossiyalik talabalarga o‘zbek tilidan dars berib kelyapman. Shu davr ichida uch guruh talabalarimiz oliygohni tamomlashdi. Ular asosan bo‘lg‘usi tilshunoslar, siyosatshunoslar bo‘lib, o‘zbek tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘rganishadi. Bugungi kunda bitiruvchilarimiz orasida diplomatlar, siyosatshunoslar, ilmiy tadqiqotchilar bor. Ikki nafar shogirdim esa Moskva oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tilidan dars bermoqda.

 

– Sizning fikringizcha, Rossiyada o‘zbek tili va madaniyatiga qiziqish qay darajada?

 

– Bilasizmi, men talablarimizga dars berishni boshlagan paytlarimdanoq o‘zbek adabiyoti, madaniyati, tariximiz haqida yetarlicha ma’lumotlarni berishga harakat qilaman.

 

Oddiygina misol keltirsam. Hammamiz bilgan, ko‘rgan, qo‘limizda ushlagan milliy valyutamiz – 100 so‘mlikdagi tasvir. Unda miloddan avvalgi VIII-VI asrlarda Amudaryo xazinasidan topilgan bilaguzuk tasvirlangan. U oltindan tayyorlangan, bilaguzukning ikki chetida tog‘ echkilarining boshi tasvirlangan, bebaho san’at asari. Agar o‘sha davrlardayoq kimyo ilmidan xabardor bo‘lgan bobolarimiz tuproqdan oltinni ajratib olib, shunday san’at asarlarini yaratgan bo‘lsalar va ularni o‘z yaqinlari bo‘lgan ayollarga, qizlariga sovg‘a qilgan bo‘lsalar, bu bizning ajdodlarimiz qanday rivojlangan tamaddunga ega bo‘lganidan dalolat bermaydimi? Rossiyalik talabalar bu kabi ma’lumotlarni katta qiziqish bilan qabul qilmoqdalar.

 

Yana bir misol. Mintaqamizda X asrda yuz bergan Uyg‘onish davri, so‘ng XIV-XV asrlarda temuriylar davrida kechgan ikkinchi Uyg‘onish davrida xalqimiz qanchadan-qancha qomusiy olimlarni, buyuk shoirlarni, musavvirlarni, turli san’at vakillarini dunyoga taqdim etgani ma’lum. Ular insoniyat tamadduni, ilm-fani va madaniyatiga o‘chmas hissa qo‘shgan. Bunday buyuk xalqning tili, madaniyati boshqa xalqlarni bee’tibor qoldirmasligi shubhasiz. Mana shu kabi jihatlar ham tilimizni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni tobora orttirmoqda.

 

O‘zbekistonning dunyoga yuz tutib, jahon maydonida o‘z o‘rniga ega bo‘lib turishi ham dunyo ahlini tilimiz, madaniyatimizga nisbatan befarq qoldirmaydi. Rossiyalik talabalar ham o‘zbekona urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni, adabiyotimiz, tariximizni nihoyatda katta qiziqish bilan o‘rganishayotir, bizning qo‘shiqlarimizni ham sevib ijro qilishadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net