O?ZBEK PIANINOCHISI BEHZOD ABDURAHIMOVNING ISPANIYADAGI KONSERTI MUVAFFAQIYATLI O?TMOQDA

23.01.2020 10:54

MADRID, 23 yanvar. /«Dunyo» AA/. Ispaniyada dunyoga mashhur o‘zbekistonlik pianinochi Behzod Abdurahimovning konserti bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ma'lumki, musiqachi London simfonik orkestri, Myunxen va Los-Anjeles filarmoniyasi, NHK simfonik orkestri, «Konsertgebau» orkestri va dunyoning boshqa yetakchi orkestrlari bilan konsertlar berib keladi. Yevropa, Osiyo va Amerikada uning ishtirokida tashkil etiladigan tadbirlar muxlislar bilan doim gavjum.

O‘zbek musiqachisining mohirona ijro uslubi va mumtoz musiqani teran anglashi musiqashunos ekspertlar tomonidan alohida e'tirof etiladi.

B.Abdurahimov Ispaniyada Yuriy Temirkanov rahbarligidagi Sankt-Peterburg filarmonik simfonik orkestri bilan hamkorlikda konsert bermoqda.

Konsertlar Madrid, Alikante va Barselona shaharlarida o‘tmoqda.  P.Chaykovskiyning "Fortepiano uchun orkestr bilan konsert", Bramsaning "Fortepiano uchun Betxoven orkestri bilan konsert" kabi qator murakkab musiqiy asarlar ijrochi dasturidan o‘rin olgan.

Tashkilotchilar fikricha, o‘zbek pianinochisi o‘z iste'dodi, ijodiy yondashuvi, mahorati bilan kishini jalb qiladi. Uning ijro mahoratidan zavqlanmaslikning imkoni yo‘q.

Tadbir doirasida Behzod Abdurahimov toshkentlik yosh va mohir musiqachi sifatida e'tirof etilmoqda. Bu O‘zbekiston madaniyatida milliy fol'klor va mumtoz musiqa an'analarining oltin renessansidan dalolat berishi, deya qayd etilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net