Namangandagi xalqaro gullar festivaliga 2,5 mln. nafar mehmon kelishi kutilmoqda. Festival ikki hafta davom etadi.

14.03.2023 10:33

Namangandagi xalqaro gullar festivaliga 2,5 mln. nafar mehmon kelishi kutilmoqda. Festival ikki hafta davom etadi.

Namanganda oltmish ikkinchi bor oʻtkaziladigan xalqaro gullar festivaliga 2,5 milliondan ortiq mehmonlar tashrifi kutilmoqda. Bu haqda Namangan viloyati hokimligining Madaniyat va turizm boshqarmasi maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, festival oʻz tarixida ikkinchi bor ikki hafta — joriy yil may oyining soʻnggi xaftasi va iyun oyining birinchi oʻn kunligida davom etadi. Oldinlari bu muddat ikki-uch kun, 2021-yili esa bir haftadan iborat boʻlgan.

2022-yili festivalga 30 dan ortiq xorijiy davlatlardan mehmonlar tashrif buyurgan boʻlsa, bu yil 40 dan ortiq mamlakatdan mehmonlar tashrifi kutilmoqda. Diplomatik korpus vakillari, Namangan bilan birodarlashgan viloyat va shaharlar mutasaddilari, qoʻshma korxonalarimizning chet ellik rahbarlariga taklifnomalar yuborish rejalashtirilgan. Bayramda ishtirok etadigan gulchilar geografiyasi ham kengaydi: oʻtgan yili Janubiy Koreya, Hindistonlik gulchilar koʻrgazmada ishtirok etgan boʻlsa, bu yil Germaniya, Hindiston, Polsha, Janubiy Koreya, Qirgʻiziston va Italiya gulchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Festival boʻlib oʻtadigan Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli istirohat bogʻida 15 million, shahar koʻchalarida 10 million, jami 25 million gul va koʻchatlar ekish rejalashtirilgan.

Shuningdek, shahar koʻchalari turfa xil installyatsiyalar bilan ham bezatiladi.

Hozirgi kunda Namangan viloyatidagi 25 ta mehmonxona, 9 ta xostel, 526 ta oilaviy mehmon uylari, 6 ta yotoqxona, 18 ta sanatoriylar va 4 ta dam olish maskanlari

8,5 mingdan ortiq mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega. Yana 5 ta mehmonxonani tadbir arafasida ochish taraddudidamiz.

Shu bilan birga mehmonlarga xizmat koʻrsatish uchun jami 60 kishidan iborat volontyorlar guruhi shakllantirilmoqda. Xorijiy tillarni puxta oʻzlashtirgan yoshlar shaharning moʻjaz xaritalari va bukletlar bilan taʼminlanadi.

Festivalning madaniy dasturi ham boy va qiziqarli boʻlishi kutilmoqda.

“Zahiriddin Muhammad Bobur” nomli istirohat bogʻi, “Afsonalar vodiysi” tematik parkida oʻrnatiladigan sahnalarda shoir va yozuvchilar, sirk ustalari, oʻzbek estradasi yulduzlari va folklor ansambllari chiqishlari namoyish etiladi.

Festival yakunida tadbirda munosib ishtirok etgan gulchilar va korxona-tashkilotlar bir necha nominatsiyalar boʻyicha taqdirlanadi. Oliy oʻrinlarni egallaganlarga viloyat hokimligining qimmat boxo sovgʻalari topshirilishi koʻzda tutilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net