Kuala-Lumpur shahri markazida O?zbekistonning boy madaniy merosi va zamonaviy arxitekturasi namoyish etilmoqda

01.03.2023 12:22

/“Dunyo” AA/. Kuala-Lumpurning markaziy ko‘chasida, mashhur «Petronas Twin Towers» egizak minoralari ro‘parasidagi katta ekranda O‘zbekistonga bag‘ishlangan videolavhalar namoyish etilayotir, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bugun Kuala-Lumpur markazidagi eng gavjum chorrahada, Malayziyaning sayyohlar eng ko‘p  keladidan  mashhur «Petronas Twin Towers» egizak minoralari ro‘parasidagi katta ekranda O‘zbekistonning boy madaniy merosi va zamonaviy arxitekturasiga bag‘ishlangan videolavhalar namoyishi boshlandi. Mamlakatimiz haqida videomateriallar bir hafta davomida ushbu ekran orqali  ko‘rsatiladi.

Ushbu namoyish, shubhasiz, Malayziya jamoatchiligi va Kuala-Lumpur shahridagi ko‘plab xorijiy mehmonlar o‘rtasida o‘zbek madaniyati hamda mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib etishga ham xizmat qiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net