“KO?HNA TERMIZ BETAKROR XALQARO MADANIY ANJUMAN SHAHRI SIFATIDA HAM XOTIRAMIZGA MUHRLANDI”

09.04.2019 17:03

Ma’lumki, Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida dunyoning juda ko‘p mamlakatlari, jumladan, Xitoy Xalq Respublikasi vakillari ham ishtirok etmoqda. Quyida ushbu o‘ziga xos va betakror xalqaro madaniy anjuman haqida xitoylik vakillar bildirgan fikr-mulohazalar qalamga olingan.

Zhou Mingyang, Xitoydagi “Jingji Ribao” kundalik gazetasining muxbiri:

- O‘zbekistonda Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining tashkil etilgani biz singari dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan mehmonlar, jurnalistlar va san’at ahli uchun juda ajoyib muloqot va o‘zaro fikr almashish maydonchasi bo‘ldi. Ushbu festival doirasida uyushtirilgan “Jahon sivilizatsiyasida baxshichilik san’atining o‘rni” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham madaniy merosni qanday avaylab asrash va uni keng miqyosda targ‘ib etish nuqta nazaridan biz uchun juda foydali bo‘ldi.

Anjuman yuksak darajada, o‘ziga xos, milliylik ruhida tashkil etilgani men singari barcha xorijliklarning e’tiborini qozonganiga aminman. Har ikki yilda o‘tkaziladigan bu festival juda yaxshi, g‘oyat ko‘tarinkilik ruhida boshlanganini his etib turibman.

Xalqaro baxshichilik san’ati festivali kelajakda xorijiy ellar bo‘ylab yanada keng dovrug‘ qozonishiga, o‘zbek xalqining ushbu noyob san’ati bilan oshno bo‘lish uchun bundan-da ko‘p ijod ahli va mehmonlar Termiz shahrida jamuljam bo‘lishlariga ishonchim komil.

Meng Xiangguo, XXR Shensi provinsiyasi Madaniyat va sayyohlik departamenti bosh direktorining o‘rinbosari:

- Men, eng avvalo, Xitoy madaniy guruhi a’zolari nomidan Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga taklif etgani uchun O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga hamda O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasiga minnatdorlik bildirishni istar edim.

Biz o‘zbeklar diyorida ushbu festivalning juda ajoyib, yuksak darajada tashkil etilganiga, o‘zbek xalqining naqadar mehmondo‘st ekanligiga guvoh bo‘ldik.

Anjumanning ochilish marosimi, unda o‘zbek san’atkorlari tomonidan namoyish etilgan madaniy dastur bizlarda unutilmas taassurot qoldirdi. Biz, ushbu san’at anjumanida chet ellardan kelgan ko‘plab san’atkorlar o‘z milliy-madaniy chiqishlari bilan qatnashishlari barbarida bir-birlari bilan o‘zaro yaqin muloqot qilishlari uchun ham ajoyib imkoniyat yaratilganidan mamnunmiz. Ko‘hna Termiz betakror xalqaro madaniy anjuman shahri sifatida ham bizlarning xotiramizga muhrlandi.

Ushbu fursatdan foydalanib, o‘zbek sanatkorlarini ham Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Ipak yo‘li xalqaro san’at festivaliga taklif etaman. Bu ham O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro madaniy va sayyohlik sohalaridagi o‘zaro almashuvlarimizning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonchim komil.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net