ISLOMOBOD SHAHRIDA O?TKAZILGAN NAVRO?Z BAYRAMIDA O?ZBEKISTON PAVILYONI TASHKIL ETILDI

25.03.2019 17:28

2019-yil 24-mart kuni O‘zbekistonning Pokistondagi Elchixonasi Islomobod shahrida Navro‘z munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.

Bayramda Pokistonning ijtimoiy-siyosiy, ishbilarmon, jurnalistik va ilmiy-akademik doiralari, xorijiy diplomatik korpus vakillari qatnashdi.

 Tantananing bosh mehmoni Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Arif Alvi hamda Pokiston hukumati a’zolari bo‘ldi.

 Bayram tadbiri doirasida O‘zbekiston pavilyoni tashkil etildi. Pavilyon mamlakatimizning, xususan Namangan viloyatining turistik salohiyatini va iqtisodiy imkoniyatlarini aks ettiruvchi surat va rasmlar bilan bezatildi.

 Bayram ishtirokchilari o‘zbek amaliy san‘atining turli xil buyumlar, jumladan mashhur chust pichoqlari, qo‘l mehnati orqali ipakdan tayyorlangan mahsulotlar hamda pokistonlik sayyohlarning Namangan viloyatiga “Ziyorat-turizmni” amalga oshirishlari uchun maxsus ishlab chiqilgan turistik yo‘nalishlar bilan tanishtirildi.

 Mehmonlar o‘zbek an‘anaviy oshxonasi bilan tanishish, shuningdek osh, manti, somsa va shirinliklardan ta’tib ko ‘rish imkoniga ega bo‘ldi.

 O‘zbekiston pavilyoni tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Arif Alvi va uning rafiqasi pavilyonning faxriy mehmonlari bo‘ldi. 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net