IQTIDORLI O?ZBEKISTONLIKLAR TURKIYA SAHNALARIDA OLQISHLANMOQDA

23.04.2019 14:51

Har yili 23-aprel kuni Turkiyada “Milliy suverenitet va bolalar bayrami” sifatida butun mamlakatda tantanali ravishda keng nishonlanadi. Ushbu bayram Turkiya parlamenti – Buyuk Milliy Majlisning 1920-yil 23-aprelda Anqarada bo’lib o’tgan ilk yig‘ilishiga bag‘ishlangan. Millat kelajagi o‘sib kelayotgan avlodga bog‘liqligini ta’kidlagan Otaturk vasiyatiga ko‘ra, bu kuni katta rahbarlar o‘z amal kursilarini ramziy ma’noda bolalarga bo‘shatib beradilar. Bayram kuni butun mamlakat bo‘ylab bolalar va o‘smirlar uchun teatr hamda konsertlar namoyish qilinadi.

Ushbu bayram tantanalari doirasida Turkiya davlat teleradiokompaniyasi “TRT” tomonidan 40 yildan buyon har yili 20-25-aprel kunlari Xalqaro bolalar bayrami festivali tashkil etib kelinmoqda. Bu yil mazkur tadbir Turkiyaning Samsun va Anqara shaharlarida dunyoning 40dan ziyod mamlakatdan taklif etilgan bolalar va o‘smirlar badiiy guruhlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Xususan, O‘zbekistondan bu festivalda “Marvarid” bolalar guruhi qatnashdi. Yoshlarimiz o‘zlarining quvonch va samimiyatga to‘la chiqishlari bilan tadbir ishtirokchilarining olqishlariga savozor bo‘lishdi. Milliy va zamonaviy, xalqaro va mintaqaviy musiqa hamda raqs san’ati namunalari, o‘zbekona liboslar, urf-odatlarni namoyish etgan o‘g‘il-qizlarimiz O‘zbekiston bayrog‘ini mazkur xalqaro tadbirlarda mag‘rurlik ila baland ko‘tarmoqdalar.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net