“Ipak va ziravorlar” xalqaro festivali mamlakatimiz va xorijda o‘z muxlislariga ega yirik voqealardan biriga aylanib ulgurdi.
2019-yilning 31-may kuni O‘zbekistonning Tojikistondagi Elchisi Ergash Shaismatov tantanali tarzda “Xalq ovozi” gazetasi bosh muharriri Yoqubjon Abdumanonzodaga “Oltin qalam” XIV milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov Tashkiliy qo‘mitasining diplom va sovg‘asini topshirdi. Tanlov yakunlari an’anaga ko‘ra 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kunida e’lon qilindi.
26-maydan 1-iyunga qadar Namangan shahrida an’anaviy gullar bayrami bo'lib o'tadi. Bayram shaharning markaziy ko'chalarida tashkil etiladigan «Gul sayli» bilan boshlanadi.
“O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi va Saudiya Arabistoni Podshohligining Tadqiqotlar va ma’rifiy aloqalar markazi hamkorlik loyihasi doirasida Murtazo Saidumarov tomonidan tarjima qilingan Hamid Damanhuriyning “Qurbonlik qiymati” va Hamza Muhammad Buxoriyning “Safo ayvoni” romanlari nashrdan chiqdi.
Joriy yilning 23-25 aprel kunlari Misr Arab Respublkasining Matrux universitetida “Movarounnaxrning Islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Har yili 23-aprel kuni Turkiyada “Milliy suverenitet va bolalar bayrami” sifatida butun mamlakatda tantanali ravishda keng nishonlanadi. Ushbu bayram Turkiya parlamenti – Buyuk Milliy Majlisning 1920-yil 23-aprelda Anqarada bo’lib o’tgan ilk yig‘ilishiga bag‘ishlangan. Millat kelajagi o‘sib kelayotgan avlodga bog‘liqligini ta’kidlagan Otaturk vasiyatiga ko‘ra, bu kuni katta rahbarlar o‘z amal kursilarini ramziy ma’noda bolalarga bo‘shatib beradilar. Bayram kuni butun mamlakat bo‘ylab bolalar va o‘smirlar uchun teatr hamda konsertlar namoyish qilinadi.
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o’tkazish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq Termiz shahrida tashkil etilgan anjumanda jahonning 74 davlatidan 160 dan ziyod ishtirokchi va YuNESKO, Islom hamkorlik tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tuzilmasi – ISESCO kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston, Аfg’oniston kabi davlatlardan faxriy mehmonlar qatnashdi.
"O’zbekistonda Qozog’iston yili”ning tantanali ochilishiga bag’ishlangan “Buyuk dasht: tarix va madaniyat” nomli ko’rgazma doirasida Qozog’iston olimlari bilan ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi.