QUVAYTDA O?ZBEKISTON YOSHLAR SIMFONIK ORKESTRINING KONSERT DASTURLARI MUVAFFAQIYATLI O?TMOQDA

03.01.2020 10:14

QUVAYT, 3 yanvar. /“Dunyo” AA/. Quvaytda Yangi yil bayrami kunlari O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestrining konsert dasturlari namoyish etilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Orkestrning Quvaytga gastroli O‘zbekiston elchixonasi tomonidan ushbu mamlakatning Madaniyat, san’at va adabiyot milliy kengashi ko‘magida tashkil etildi. «Abdul Husayn Abdul Rizo» teatri sahnasida O‘zbekiston-Quvayt qo‘shma konserti muvaffaqiyatli o‘tdi. O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestri jamoasi o‘zbek mumtoz va milliy kuylari hamda quvaytlik mashhur bastakor Amir Jafar asarlarini ijro etdi.

 

Tomoshabinlar iste’dodli dirijyor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, ko‘plab xalqaro tanlov va festivallar laureati Kamoliddin O‘rinboyev rahbarligidagi O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestrining har bir chiqishini olqishlar va gulduros qarsaklar bilan kutib oldi.

 

Quvayt milliy madaniyat, san’at va adabiyot kengashi bosh kotibining o‘rinbosari Bader al-Duvish O‘zbekiston rahbariyati va mamlakatimiz elchixonasiga Yoshlar simfonik orkestri konsert dasturini tashkil etishda ko‘rsatgan yordami uchun samimiy minnatdorlik izhor qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jahonga mashhur orkestrning chiqishlari Quvayt xalqi uchun haqiqiy Yangi yil sovg‘asi bo‘ldi. Har bir tomoshabin go‘zal musiqa olamiga g‘arq bo‘lishga, shuningdek, iste’dodli yosh musiqachilarning mohirona ijrosini tomosha qilishga muvaffaq bo‘ldi.

 

“Ushbu qo‘shma loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi va u, shubhasiz Quvayt va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, ikki do‘st xalqning yanada yaqinlashuviga salmoqli hissa qo‘shadi. Shunisi quvonarliki, tomonlarning sa’y-harakati va ikki mamlakat rahbariyatining qo‘llab-quvvatlashi samarasida madaniy diplomatiya O‘zbekiston-Quvayt hamkorligining tarkibiy qismiga aylanmoqda”, - deb ta’kidladi u.

 

Hukmron oila a’zosi, shayx Xala as-Sabax o‘zbek san’at ustalarining chiqishlarini yuqori baholadi. “Shaxsan men O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestrining chiqishlaridan juda ham zavqlandim va rohatlandim. Quvaytlik tomoshabinlar o‘zbekistonlik yosh musiqachilarning iste’dodidan mamnun bo‘ldi. Iste’dodli maestro Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi yosh musiqachilar xalqaro maydonda o‘zbek simfonik musiqasi va jahon mumtoz asarlarini keng va muvaffaqiyatli targ‘ib etayotgani O‘zbekistonning g‘ururidir”, - dedi u.

 


Quvaytlik taniqli bastakor Amir Jafar O‘zbekiston-Quvayt qo‘shma konserti tomoshabinlar bilan to‘la zalda muvaffaqiyatli o‘tganidan mamnunligini bildirdi.

 

- Bu O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestri bilan uchinchi qo‘shma loyihamiz. Orkestrning yosh musiqachilari o‘ta iste’dodli va ular bilan ishlash juda oson. Orkestr rahbari Kamoliddin O‘rinboyev o‘z ishining mohir ustasi va u bilan hamkorlik qilish, qo‘shma loyihalar amalga oshirish katta quvonchdir, - dedi u.

 

“Shuni ta’kidlashni istardimki, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakat rahbariyati ta’lim, madaniyat, fan, adabiyot, san’at va sportni rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda”, - deya so‘zini yakunladi quvaytlik bastakor.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net