“Guitar show Yangi Namangan sadosi” tanlovi ko?plab iste’dodlarni kashf etdi

25.08.2022 11:38

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyatida yosh iste’dodlarini aniqlash, ularning qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadiga qaratilgan “Guitar show Yangi Namangan sadosi” tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi vakillari, Yangi Namangan tumani sektorlar rahbarlari hamda musiqa va san’at ixlosmandlari ishtirok etdi.

Tanlovda viloyatdagi 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 50 dan ziyod iste’dod egasi ishtirok etdi. Ulardan 15 nafari yakuniy bosqichda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Norin tumanining Yuqori Cho‘ja mahallasi vakili Sherzod Toshtanov birinchi, Namangan tumanining Xonobod mahallasidan Abrorbek Tojiboyev ikkinchi, Pop tumani Obod mahallasi vakili Sanjarbek Ibrohimov uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.  

Shuningdek, iste’dodi e’tirof etilgan qator ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

Hotam MAMADALIEV, O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net