EKOLOGIYA

30.04.2019 17:01

Orolga hayot qaytmoqda: Qizil kitobga kiritilgan qushlar tabiatga qo‘yib yuborildi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda “Falcon Hunting Solutions” kompaniyasi tomonidan “Orolga hayot qaytmoqda” – shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush – yo‘rg‘a tuvaloqlar Mo‘ynoq hamda Qo‘ng‘irot tumanlarida tabiatga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tabiat qo‘yniga 1000 bosh qush uchirma qilingan bo‘lib, ular Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli bo‘lgan “International fund for houbara conservation” markazida ko‘paytirilgan.

Joriy yil mart oyida ham 2382 bosh yo‘rg‘a tuvaloq Qizilqum cho‘li yalangliklariga qo‘yib yuborilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009-yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Ularning soni va yashash maydoni 1960-yillardan boshlab qisqarishni boshlagan.

(Manba: O‘zA)

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net