Buxoroda kino kunlari o?tkaziladi

16.08.2022 14:06

Buxoroda joriy yilning 16-17 sentyabr kunlari “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida kino kunlari bo‘lib o‘tadi.

 Tadbir kunlari viloyatga Rossiya va Ozarbayjonning mashhur kinoyulduzlari, shuningdek, el ardog‘idagi o‘zbek kinoijodkorlar tashrif buyuradi. 

Shu kunlarda viloyat bo‘ylab ijodiy uchrashuvlar va bir qator yangi filmlar premerasini o‘tkazish rejalashtirilgan. 

–Asosiy tadbirlarning ochilishi Buxoro shahridagi “Buxoro” kinoteatrida 16-17 sentyabr  kunlari soat 17:30 da bo‘lib o‘tadi,  – deydi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi viloyat bo‘limi rahbari Ali Choriyev. 

– Bunda xorijiy va mahalliy kinoijodkorlar bilan uchrashuv va yangi filmlar namoyishi viloyatdagi barcha kinoteatr va kinozallarda o‘tkaziladi. Kirish mutlaqo bepul. Barchani Ma’naviyat bayramiga taklif etamiz.  

Zarif Komilov, O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net