LUKSEMBURG TIV RAHBARI BILAN UCHRASHUV

06.03.2019 14:55

2019-yilning 6-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Luksemburg Buyuk Gersogligining Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Jan Asselborn bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Luksemburg kun tartibidagi barcha masalalar va hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, jumladan BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi aloqalar muhokama qilindi.

 Qayd etilganidek, O‘zbekiston Luksemburgni Yevropadagi ishonchli sherik deb hisoblaydi. Luksemburgning “O‘zbekiston-Yevropa munosabatlarida faol rolini hisobga olgan holda ushbu davlat bilan “O‘zbekiston-YI” shaklidagi hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi.

 Vazir Jan Asselborn 2010-yil 28-29-mart kunlari rasmiy delegatsiya rahbarligidagi O‘zbekistonga qilgan tashrifini iliq so‘zlar bilan yodga oldi va Luksemburg rahbariyati mamlakatimiz va butun Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirishga katta ahamiyat berishini ta’kidladi.

 Muzokaralarda mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Shu o‘rinda Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

 Shuningdek, vazirlar turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni faollashtirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net