Kuala-Lumpurda O'zbekiston fuqarolarini Malayziya korxonalarida qonuniy ish bilan ta'minlash istiqbollari muhokama qilindi

22.12.2023 07:26

/"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi xodimlari ushbu mamlakatning «Language Talent Solutions» rekruting kompaniyasi direktori Jinder Kaur Sidxu bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat davomida Malayziyada mehnat faoliyatini olib borayotgan O'zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni qonuniy asosda Kuala-Lumpur shahrida munosib ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Malayziya tomoniga O'zbekistonda xavfsiz tashqi mehnat migratsiyasini tashkil etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Xususan, O'zbekiston Prezidentining «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori mazmun-mohiyati alohida ta'kidlandi.

Jinder Sidxu o'z navbatida, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston fuqarolari va ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoya qilish bo'yicha respublikada amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarni yuqori baholadi.

Hozirgi kungacha mazkur kompaniya Vyetnam, Janubiy Koreya, Indoneziya, Kambodja, Laos, Myanma, Tailand Filippin, Xitoy, Hindiston va Yaponiya kabi mamlakatlardan kelgan 700 nafardan ortiq fuqarolarni mahalliy korxonalarda mehnat faoliyatini olib borish uchun jalb qilgan. Shuningdek, joriy yilda bir qator O'zbekiston fuqarolari ham Malayziyada ish joyi bilan ta'minlangan.

Uchrashuv yakunida Malayziyada mehnat faoliyatini olib bormoqchi bo'lgan o'zbekistonliklarni ish bilan ta'minlash, ularga tegishli ruxsatnomalarni o'z vaqtida rasmiylashtirish va munosib ish sharoitlarini yaratish bo'yicha hamkorlik qilish to'g'risida kelishib olindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net