Kuala-Lumpur shahridagi sayyor turizm ko'rgazmasida «Go'zal O'zbekiston» yangi sayyohlik dasturi taqdim etildi

16.01.2024 11:11

/"Dunyo" AA/. Joriy yilning 10 –14-yanvar kunlari Kuala-Lumpur shahridagi yirik savdo-ko'ngilochar majmualaridan biri – «One Utama» markazida «Apple Roadshow 2024» sayyor ko'rgazmasi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Malayziyaning yirik turkompaniyalaridan biri - «Apple Vacations» tomonidan tashkil etilgan mazkur ko'rgazma doirasida O'zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ko'magida mamlakatimiz turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimotlar o'tkazildi. Taqdimotlar doirasida ishtirokchilarga O'zbekistonda zamonaviy sayyohlik xizmatlari va infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan keng ko'lamli chora-tadbirlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Xususan, ikki mamlakat o'rtasidagi «Uzbekistan Airways» va «Batik Air Malaysia» aviakompaniyalarining to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlari, respublikaning asosiy tarixiy shaharlarini bog'lovchi "Afrosiyob" tezyurar poyezdlar tizimi sayyohlarga katta qulayliklar yaratayotgani ta'kidlandi. Shuningdek, Malayziya fuqarolari uchun respublikaga vizasiz kirish tartibi amal qilayotgani alohida ta'kidlab o'tildi.

Tadbir doirasida «Apple Vacations» turkompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Toshkent, Buxoro, G'ijduvon va Samarqand shaharlarini o'z ichiga olgan «Go'zal O'zbekiston» nomli yangi sayyohlik dasturi keng ommaga taqdim qilindi. Yangi dastur doirasida birinchi sayyohlar guruhini joriy yil may oyidan boshlab mamlakatimizga yuborish to'g'risida kelishuvga erishildi.

Sayyor ko'rgazmada ishtirok etgan malayziyaliklar orasida O'zbekistonning tarixiy va zamonaviy sayyohlik markazlari, boy madaniyati, betakror arxitekturasi, gastronomik san'ati, milliy an'analari katta qiziqish uyg'otdi.

«Apple Vacations» kompaniyasi Malayziyaning yirik sayyohlik muassasalaridan biri hisoblanadi. Uning huzurida Osiyo, G'arbiy Yevropa, Amerika qit'alari, musulmon mamlakatlari, ishbilarmonlik turizmi (MICE tourism), dengiz kruizlari yo'nalishlarida 40 dan ortiq turagentlik faoliyat yuritadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net