Kuala-Lumpur shahrida O'zbekiston–Malayziya hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi

05.04.2024 02:00

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziya Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibining o'rinbosari Ahmad Rozian Abd G'ani bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston va Malayziya o'rtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar yuqori va oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi o'zaro aloqalarni diversifikatsiya qilish, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari bo'yicha fikr almashdilar.

Joriy yil fevral oyida O'zbekiston tashqi ishlar vazirining Kuala-Lumpurga tashrifi natijalari bo'yicha erishilgan kelishuvlarning amaliyotga tatbiq etilishiga alohida e'tibor qaratildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net