Konstitutsiyamiz – erkin va farovon hayotimiz poydevori

07.12.2024 03:40

Mamlakatimiz elchixonasida O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi

Tadbirda Osiyo-Tinch okeani texnologiya va innovatsiya universiteti, Xalqaro islom universiteti, Malayya, "Cyberjaya" va "Xiamen" universitetlarida ta'lim olayotgan vatandosh talabalar hamda O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Kuala-Lumpur shahridagi koordinatorlari ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida yangilangan O'zbekiston Konstitutsiyasi "inson – jamiyat – davlat" tamoyiliga asoslangan holda inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari konstitutsiya darajasida mustahkamlangani ta'kidlandi.

Ishtirokchilarga O'zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari haqida ham batafsil ma'lumot berildi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan qator muhim tashabbuslar, amalga oshirilayotgan islohotlar alohida ta'kidlandi. Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligi e'tirof etildi.

Yosh vatandoshlarimiz bilan Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasida ko'zda tutilgan ijtimoiy davlatni barpo etishda ularning roli, o'zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma'naviy merosini asrab-avaylash, o'zbek tilini keng ommalashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga diplomatlardan batafsil javob oldilar.

Islomjon Yoqubjonov, Malaya universiteti magistranti:

– Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasi inson, jamiyat va davlat o'rtasidagi munosabatlarda o'zaro huquq va majburiyatlar hamda ularning kafolatlarini aniq va ravshan belgilab berdi. Bosh qomusimiz xalqimiz farovonligini ta'minlash uchun xizmat qilishiga ishonaman.

Bugungi kunda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan xorijdagi o'zbekistonlik yoshlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Yoshlar uchun ko'plab imkoniyatlar taqdim etilmoqda, jumladan ularning ta'lim olishi va kasb o'rganishi uchun keng sharoitlar yaratilgan. Biz yoshlar bundan mamnunmiz. Ushbu sharoitlardan unumli foydalanib, kelajakda O'zbekiston rivoji uchun o'z hissasini qo'shadigan malakali mutaxassis bo'lib yetishishni reja qilganman.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net