Markaziy Osiyo zamini buyuk allomalarga beshik boʻlgan. Sharqdagi ilk uygʻonish davri ham yurtimiz hududidan boshlangan, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki Birinchi Renessans paytida Xorazmdagi Maʼmun akademiyasiga asos solingan boʻlsa, Ikkinchi Renessansda Samarqandda Ulugʻbek, Ali Qushchi kabi allomalar ishtirokida koinotni oʻrganish maktablari barpo etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi aʼzosi Gulnoza Rahimova bilan referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonlarida xalqaro kuzatuvchilarning ishtiroki haqida suhbat.
Tan olish kerak, Konstitutsiyada inson huquqlari va davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bogʻliq normalar soni ikki-uch baravar koʻpaymoqda. Yangi tahrirda Konstitutsiyaning alohida qismlari sifatida normalarni ajratib koʻrsatish ularning mazmunini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratilayotganidan dalolat beradi, bu esa davlatning fuqarolar oldidagi majburiyatlari va kafolatlarini oshiradi, ularning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi.