Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda Oʻzbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga binoan eʼtirof etilishi va kafolatlanishi qayd etilmoqda.
Jumladan, unga inson huquqlari himoyasiga oid qator progressiv kafolatlar kiritilmoqdaki, ular zamirida eng asosiy gʻoya, yaʼni inson huquq va erkinliklari ustuvorligi – huquqiy davlatning oliy maqsadi, deb eʼtirof etilishi gʻoyasi yotadi. Aynan mana shu yondashuv asosida Konstitutsiyaning yangi tahririda inson huquqlariga oid normalar 3 barobardan ortiqqa oshmoqda.
/“Dunyo” AA/. Rossiyaning «Radio Peterburg» radiosida O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi bosh konsuli Alisher Boboyev bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohot mavzusida suhbat efirga uzatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bugun hayotimizda chuqur sifat oʻzgarishlari roʻy beryapti. Tub islohotlar esa jamiyatimizning tamoman yangicha qiyofasini shiddat bilan shakllantirmoqda. Mamlakatimizda mutlaqo yangi davr boshlandi. Bu majoziy oʻxshatish emas, ayni haqiqatdir.
/«Dunyo» AA/. Hindistonning yetakchi bosma nashrlaridan biri «Political Events» tahliliy jurnalida «O‘zbekistonda 30 aprel kuni Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi» sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Insoniyat tarixining turli davrlarida dunyo xalqlari ulkan taraqqiyot, buyuk siljishlar va keskin koʻtarilish hodisalariga guvoh boʻlgan. Kishilik taraqqiyoti dinamikasidagi rivojlanish va tanazzullar mohiyati har bir davr odamlari tafakkuri mahsuli sifatida yuzaga kelgan, deyish mumkin. Zotan, inson aql va tafakkur, qalb va hissiyot olami orqali oʻz hayotini oʻzi yoʻlga qoʻyadi.
Bugun dunyoning turli nuqtalarida roʻy berayotgan tahlikali voqealar insoniyatdan ogohlik va hushyorlikni yanada oshirishni, tinchlik va taraqqiyot yoʻlida hamjihatlikni kuchaytirishni talab etayotir. Tabiiyki, bu global masalalarni hal etishda yoshlar siyosati va taʼlim islohotlarining oʻrni muhim.
2023-yil 14 mart kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻttiz sakkizinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.
Senatorlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi boʻyicha referendum oʻtkazish haqidagi masalani koʻrib chiqdilar.
Oʻzbekistonda yangi davr boshlanganiga ham olti yildan oshdi. Bu tarix nuqtayi nazaridan juda qisqa, inson umri jihatidan esa sezilarli muddat hisoblanadi.
/“Dunyo” AA/. Yevropaning «EU Reporter» yangiliklar-tahliliy portalida «Konstitutsiyaviy sud referendum o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi» sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.