"Ko'ksaroy" qarorgohida Belarus Prezidentini rasmiy kutib olishga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi

08.02.2024 03:13

/"Dunyo" AA/. Bugun "Ko'ksaroy" qarorgohida Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olishga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston va Belarus bayroqlari bilan bezatilgan maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus yetakchisini samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Ikki mamlakat madhiyalari yangradi.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o'tib, rasmiy delegatsiyalar a'zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net