KIPR ELCHISI BILAN UCHRASHUV

06.11.2018 17:51

2018-yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kipr Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) etib tayinlangan Leonidas Markidisni qabul qildi.

Vazir Elchining ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi boshlanishi bilan tabrikladi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-Kipr aloqalari holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, hamkorlikni istiqbolli yo‘nalishlarda, jumladan O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi shaklida va xalqaro tashkilotlar doirasida mustahkamlash va yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralarda o‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar jarayoni ko‘rib chiqildi, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, madaniyat, ta’lim, fan va sport sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimlarni tayyorlash va imzolashga qiziqish bildirildi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqa siyosatiga oid ba’zi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net