TOSHKENTDA TEMURIY MALIKASI GAVHARSHODBEGIM XALQARO SIMPOZIUMI O?TKAZILDI

29.12.2018 12:19

Yaqinda poytaxtimizda O‘zbekiston hamda Afg‘oniston vakillari ishtirokida Temuriy malikalardan biri Shohruh Mirzoning rafiqasi Gavharshodbegim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki mamlakat qalamkashlari Temuriylar davrining Hirot shahridagi malikasi Gavharshodbegimning hayoti va ijodi, mamlakatning siyosiy, ma’naviy va ilmiy hayotiga qo‘shgan ulkan hissasi to‘g‘risidagi ilmiy-tadqiqot maqolalari bilan chiqish qildilar.

 Simpoziumning ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ushbu anjumanning ahamiyati, mamlakatlarimiz xalqlarining mushtarak tarixiy va madaniy an’analari xaqida to‘htaldi.

 Shu o‘rinda Afg‘oniston Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Faridun Ilhomham nutq so‘zladi. Unda Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining simpozium ochilishi munosabati bilan yo‘llagan tabriklarini ishtirokchilarga yetkazdi.

 Ta’kidlash joizki, simpoziumda besh nafar afg‘onistonlik vakil ishtirok etdi. Xususan, Afg‘oniston hay’ati tarkibi Prezident devoni Ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Faridun Ilhom, Afg‘oniston prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha maxsus vakili idorasining mas’ul xodimi Favziya Orol Habibiy, Tashqi ishlar vazirligi madaniy aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rahim Pirzoda, Prezident devonining huquqiy masalalar bo‘yicha eksperti Muhammad Idris Tavakkal hamda Informatsiya va madaniyat vazirligi qoshidagi o‘zbek tilida chop etiladigan “Vatandoron“ jurnali mas’ul kotibi Muhammad Rafiq Qodiriylardan iborat bo‘ldi.

 O‘zbekiston tomonidan ishtirok etgan yurtimiz olim va yozuvchilari, jumladan, Bahrom Abduhalimov, Abdurahim Mannonov, Muhammad Ali, Xurshid Fayziyev, To‘lqin Xayit, Mavluda Yusupova va boshqalar Temuriy malikasi Gavharshodbegim hayoti hamda ijodiga bag‘ishlangan maqolalarni yig‘ilganlar e’tiboriga havola qildilar.

 Simpozium ishi yakunida qo‘shni davlatdan kelgan mehmonlar turli sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

  

“Dunyo” AA

Qobul

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net