O‘zbekiston va Germaniya munosabatlarining rivojlanishi bugungi kunga kelib yangi bosqichga ko‘tarildi. Bunda nafaqat xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarning jadal suratlar bilan o‘sayotgani, balki davlatlarimiz siyosiy hamkorligining barqarorligi va o‘zaro ishonchga asoslangani ham muhim ahamiyat kasb etadi.
2019-yilning 14-yanvar kuni Pokiston tomonining tashabbusi bilan Pokiston Islom Respublikasi Qurolli kuchlari Qo‘shma shtabida ularning amaliyotida va ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk marotaba O‘zbekistonning davlat bayrami – Vatan himoyachilari kuni nishonlandi.
Yaqinda mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ulug‘bek Maqsudov va Saudiya Arabistoni Podshohligi Sho‘ro Majlisi raisi Abdulla Ol ash-Shayx o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2019-yilning 15-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining qaroriga binoan 1-yanvardan boshlab Toshkent shahrida joylashgan ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimini bajarishga kirishgan Jumaxon G‘iyosov bilan uchrashdi.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 22 noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda maʼqullangan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligi munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi.
2019-yilning 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Samarqand shahriga Afg‘oniston ishtirokidagi “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining birinchi vazirlar uchrashuviga kelgan Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashdi.
2019-yilning 12-yanvar kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashdi.