TOSHKENT, 1 avgust. / “Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitalari tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.