2019-yil 23-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, tibbiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yaxshilashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.
2019-yilning 24-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Gunter Overfeld bilan uchrashdi.
2019-yil 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar o‘z konstitutsiyaviy vakolatlari doirasida Hisob palatasining 2018 yilgi hisobоtini ko‘rib chiqdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Prezidenti saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi.
Har yili 23-aprel kuni Turkiyada “Milliy suverenitet va bolalar bayrami” sifatida butun mamlakatda tantanali ravishda keng nishonlanadi. Ushbu bayram Turkiya parlamenti – Buyuk Milliy Majlisning 1920-yil 23-aprelda Anqarada bo’lib o’tgan ilk yig‘ilishiga bag‘ishlangan. Millat kelajagi o‘sib kelayotgan avlodga bog‘liqligini ta’kidlagan Otaturk vasiyatiga ko‘ra, bu kuni katta rahbarlar o‘z amal kursilarini ramziy ma’noda bolalarga bo‘shatib beradilar. Bayram kuni butun mamlakat bo‘ylab bolalar va o‘smirlar uchun teatr hamda konsertlar namoyish qilinadi.
Bu haqda Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
2019-yilning 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Hindiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vinod Kumarni qabul qildi.
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil 20-aprel kuni Jambil viloyatida ro‘y bergan YTH natijasida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari U.Abduxalikov, A.Kalmuratov, D.Yermekbayeva jasadlari qarindoshlari tomonidan shaxsi aniqlashtirilib, Bosh konsulxona xodimlari tomonidan rasmiylashtirilganidan so‘ng qarindoshlari hamrohligida 2019-yil 22-aprel kuni “Jibek Joli” – “G‘isht Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punkti orqali O‘zbekistonga yetkazildi.
Saudiya Arabistoni Podshohligi ta’lim va tarbiya tizimida har yili o‘rta maktab o‘quvchilari tomonidan xorijiy davlatlar taqdimoti musobaqasini o‘tkazish an’anaga aylangan.
2019-yining 22-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z diplomatik missiyasini tugatayotgan Ukrainaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuriy Savchenkoni qabul qildi.