SHAVKAT MIRZIYOYEV NUKUS XALQARO AEROPORTINI KO?ZDAN KECHIRDI

16.11.2018 13:13

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 noyabr kuni Nukus shahriga tashrif buyurib, dastlab Nukus xalqaro aeroportida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil yanvar oyidagi tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida bu yerda qariyb 80 milliard so‘mlik ishlar bajarilgan. Aeroport binosi rekonstruksiya qilinib, terminal kengaytirilgan, zamonaviy jihozlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroporti Qoraqalpog‘istonni iqtisodiy rivojlantirish, biznes aloqalarni kengaytirish, turistlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net