/"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, "Vnukovo" xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Hukumati Raisining o'rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O'zbekiston Prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley yig'ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 79 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazadi.