O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 dekabr kuni zamonaviy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘ldirish, bilimli yoshlarni strategik sohalarga jalb etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida strategik sheriklik toʻgʻrisidagi Shartnomani (Toshkent, 2018-yil 17-avgust) ratifikatsiya qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
2018-yilning 18-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Avstriya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Vena shahrida) etib tayinlangan Alois Krautni qabul qildi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
Yaqinda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari mazkur shahar faollari, deputatlari, vazirlik va idora xodimlari, shuningdek, Novosibirsk shahridan akkreditatsiyadan o’tgan diplomatiya missiyalari rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etdilar. Undan ko’zlangan asosiy maqsad - ular bilan o’zaro do’stlik aloqalarini o’rnatish va mustahkam hamkorlik rishtalarini yo’lga qo’yishdan iborat.
2018-yilning 17-dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Avstriya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov va Avstriya Respublikasining Yevropa, integratsiya va tashqi ishlar masalalari bo‘yicha Federal vazirligining siyosiy direktori Aleksandr Marshik boshchiligidagi ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev raisligida 2018-yilning 18-dekabr kuni O‘sh shahrida O‘zbekistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari bilan Qirg‘iziston Hukumatining chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
2018-yilning 16-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20.30da Sapporo shahridagi (Xokkaydo prefekturasi) kafelar va ko‘chmas mulk agentliklari joylashgan tijorat binosida portlash yuz bergani haqida Yaponiya OAV xabar tarqatdi.