AQSH KONGRESSMENLARI MAMLAKATIMIZ BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI HAQIDA

20.11.2018 10:24

Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan soʻng AQSH Kongressi delegatsiyasi aʼzolari OʻzA muxbiriga Oʻzbekiston bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasida yangi bosqichga chiqayotgan hamkorlik haqida quyidagilarni soʻzlab berdi. 

Trent KЕLLI, kongressmen: 

– Mamlakatingizga tashrifimizning asosiy maqsadi Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi ikki tomonlama manfaatli aloqalarni chuqurlashtirish va yanada rivojlantirishdan iborat. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, ushbu tashrifimiz mamlakatlarimiz amaliy muloqotining mantiqiy davomi hisoblanadi. 

Bugun AQSH Kongressida Oʻzbekiston boʻyicha alohida parlament guruhi – “kokus” tashkil etildi va u juda muhim ahamiyatga ega. Ushbu guruh amerikaliklarning Oʻzbekiston va oʻzbek xalqi haqida toʻlaqonli maʼlumotga ega boʻlishi, parlamentlarimiz va turli sohalar oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan boʻlib, maqsadimiz bu jarayonga koʻmaklashishdir. 

Visente GONSALЕS, AQSH Vakillar palatasi aʼzosi: 

– Mamlakatlarimiz oʻrtasida mushtarak jihatlar koʻp. AQSH ham, Oʻzbekiston ham oʻzaro doʻstlik va hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydi. 

Men AQSHning Texas shtatidanman. Faoliyatim neft-gaz sohasiga oid. “Kokus” ushbu tarmoqlar, shuningdek, energetika, sogʻliqni saqlash, mudofaa, savdo sohalarida ham hamkorlik olib boradi. 

Amerikaning tashqi munosabatlarida Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi strategik hamkor sifatida muhim oʻrin tutadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston bilan AQSH oʻrtasidagi teng manfaatli aloqalarni rivojlantirishda faol tashabbuslarni ilgari surayapti. Birgalikda munosabatlarimizni uzoq yillar davom ettirishdan biz ham manfaatdormiz. 

Jennifer GONSALЕS KOLON, kongressmen: 

– Bugun Amerika – Oʻzbekiston munosabatlari yuqori bosqichga chiqdi. Prezidentingiz bilan uchrashuv, shuningdek, mamlakatingiz parlamenti va qator tashkilotlardagi muzokaralarimiz oʻzaro hamkorlikdan ikki tomon ham birdek manfaat koʻzlayotganini namoyon etdi. 

Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar, barcha sohadagi modernizatsiya jarayonlari yurtingizning nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy jihatdan ham rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi uchun zamin yaratayotganiga amin boʻldik. Yangi tuzilma taʼlim, xavfsizlik, axborot texnologiyalari, biznes kabi koʻplab sohalarda qoʻshma loyihalarni samarali amalga oshirish, hamkorlikni istiqbolli yoʻnalishlar bilan boyitishga xizmat qiladi. 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net