O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilning 3-mart kuni Moskva shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1986-yil 4-oktabrda Namangan shahrida tug‘ilgan mamlakatimiz fuqarosi Sardorbek Akramovich G‘afurov halok bo‘lgan.
Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra hodisa vaqtida jarohat olgan 20 yoshli Saidjon Uksan o‘g‘li Urunov 1-son shahar klinik shifoxonasiga yuborilgan.
Mazkur masala Elchixona Konsullik bo‘limi nazoratida turibdi.