Joriy yilning dastlabki to?qqiz oyi yakunlari bo?yicha O?zbekistonda salkam 900 ming tonna benzin ishlab chiqarildi

26.10.2022 16:04

“Dunyo” AA/. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari mobaynida yirik korxonalar O‘zbekistonda 882,2 ming tonna benzin ishlab chiqardi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan benzin ishlab chiqarishning o‘sish surʼati 106,3 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, yanvar-sentyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan benzin ishlab chiqarishning eng katta ulushi Buxoro viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi (81,1%), uni ishlab chiqarish hajmi 715,8 ming tonnani tashkil yetdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net