Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida Konstitutsiyaviy islohotlarga bag?ishlangan davra suhbati o?tkazildi

19.10.2022 15:23

“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi vakillari Kvanjuda bo‘lib, ushbu shaharda tahsil olayotgan, vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan talabalar va vatandoshlar bilan davra suhbati o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda yurtdoshlarimizga Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakitimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar haqida atroflicha maʼlumot berildi. Jumladan, amaldagi  Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq jarayonlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Yig‘ilish ishtirokchilariga Asosiy qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, Konstitutsiyaga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni umumxalq muhokamasi jarayoni haqida ham maʼlumot berildi.

Konstitutsiyaga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartishlar, eng avvalo, Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan bo‘lib, unda Bosh qomus darajasida inson huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilish, aholining ijtimoiy hamda iqtisodiy farovonligini mustahkamlash ko‘zda tutilayotgani taʼkidlandi.

Uchrashuv ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net