Xotin-qizlar forumida ilg?or tajribalar targ?ibot etiladi

16.08.2022 23:50

Joriy yilning 18-19 avgust kunlari poytaxtimizda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar xotin-qizlarining Xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur forumda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoyalash, muammolarini aniqlash va bu borada o‘zaro tajriba almashishni ko‘zda tutishi bilan ahamiyatlidir. Ushbu yo‘nalishda SHHTga a’zo davlatlar vakillari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va kuchaytirishga ham jiddiy e’tibor qaratiladi.

Xotin-qizlar forumi doirasida tadbirkor ayollar bilan muloqotlar, V2V formatidagi uchrashuvlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Asosiy maqsad esa ishtirokchi davlatlarni o‘rtasida xotin-qizlarning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish, faoliyati imkoniyatlarini kengaytirishdan iboratdir.

Shu bilan birga mamlakatimizda xalqaro miqyosdagi jarayonlar xususida batafsil o‘rtoqlashiladi. Qolaversa, bugungi kunda O‘zbekistonda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor, Oila va xotin-qizlar davlatimiz qo‘mitasi tizimida ayollarning ijtimoiy himoyasiga doir ilg‘or tajribalar, ayol va qizlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, oila va turmush sharoitini yaxshilash, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga oid mamlakatimizdagi mavjud keng imkoniyatlarni ham targ‘ib etish rejalashtirilgan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar xotin-qizlarining forumida O‘zbekistonda oila va ayol-qizlarga bo‘lgan e’tibor, bu borada huquqiy-me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarning hayotda o‘z ifodasini topayotganiga ham alohida ahamiyat qaratiladi. Qolaversa, hamkorlikning yangi-yangi qirralarini ochish, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va muammolarni birgalikda hal etish yo‘llari haqida ham keng qamrovli muzokara va muhokamalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

N.Usmonova, O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net