TIV KONSULLIK-HUQUQIY DEPARTAMENTI AXBOROTI

11.05.2019 14:33

2019-yilning 27-aprel kuni mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga ish haqi va pasportini qaytarishda yordam so‘rab O‘zbekiston fuqorosi U.Abduvaliyev telefon orqali murojaat qildi.

Aniqlanishicha, ushbu fuqaro 2018-yil noyabr oyida Amur viloyatiga kelib ishga joylashgan va joriy yilning mart oyiga qadar hech qanday muammoga duch kelmagan. Lekin mart oyida ish beruvchi bilan kelishmovchilik tufayli unga oylik to‘lashmagan, pasportini qaytarib berishni rad qilishib o‘z harakatlarini mehnat patenti rasmiylashtirilgani uchun U.Abduvaliyevning qarzdor ekanligi bilan izohlashgan.

Bir necha marta muzokaralar o‘tkazib Bosh konsulxona mazkur masalani ijobiy hal etishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada U.Abduvaliyevga pasporti va ushlab qolingan ish haqi qaytarildi. Hamyurtimiz temir yo‘l chiptasini sotib olib 10-may kuni tunda vatanga yo‘l oldi.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatadiki, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primorye o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Vladivostok viloyatidagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamalari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.p

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net