TIV KONSULLIK-HUQUQIY DEPARTAMENTI AXBOROTI21

31.05.2019 10:56

Mamlakatimizning Seul shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2019-yil 29-may kuni O‘zbekiston fuqarosi Alisher Jovliyev qurilayotgan binoning yuqori qavatidan tushib ketgan va og‘ir ahvolda “Kangvon” universiteti kasalxonasiga olib borilgan.

 

 

Jabrlanuvchi Koreya Respublikasiga 20-may kuni Chunchon shahridagi “Kyongin” universitetining til o‘rganish kursida o‘qish uchun kelgan va pul ishlash maqsadida jismoniy mehnat bilan shug‘ullangan.

Diplomatik vakolatxona vaziyatni nazoratga olgan, ish beruvchi va vatandoshimiz davolanayotgan kasalxona rahbariyati bilan aloqa o‘rnatgan. Ish beruvchi tashkilot tashkiliy masalalarni hal qilish va davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga tayyorligini bildirgan.

Koreya Respublikasining tegishli xizmatlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Seul shahridagi Elchixonamizga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net