TIV KONSULLIK-HUQUQIY DEPARTAMENTI AXBOROTI

21.04.2019 17:00

Olma-ota shahridagi Bosh konsulxona ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligidagi Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Hukumat komissiyasi Qorday tumaniga kelganidan va barcha rasmiy jarayonlar tugallanganidan so‘ng 2019-yil 21-aprel kuni soat 2:00 da turli darajada shikastlangan quyidagi fuqarolarimiz reanimobillarda Qozog‘iston hududidan FVV maxsus borti yetib kelgan Bishkek shahriga olib ketildi:

1. Oljabayev Abbos, tug‘ilgan vaqti 21.01.1994-y.;

2. Xaitbayev Umirbek, tug‘ilgan vaqti 22.06.1985-y.;

3. Axmedova Radmila, tug‘ilgan vaqti 05.08.1994-y.;

4. Matchanov Otabek Abdullayevich, tug‘ilgan vaqti 22.04.1985-y.;

5. Seytmuratov Dustdjan Dauletovich, tug‘ilgan vaqti 22.02.1987-y.;

6. Xaydarov Sardar Anarbek o‘g‘li, tug‘ilgan vaqti 09.05.1994-y.;

7. Ilyasov Maris, tug‘ilgan vaqti 1974-y.;

8. Mambetov Nasridin, tug‘ilgan vaqti 09.05.1971-y.;

9. Jabbarov Shodlik Maxsudovich, tug‘ilgan vaqti 25.12.1984-y.

YTHda jarohat olmagan Muximjonov Zavodbek, tug‘ilgan vaqti 21.04.1999-y. va Abdusatirov Islomiddin, tug‘ilgan vaqti 08.01.1997-y. tibbiyot xodimlari ko‘rigidan o‘tganidan so‘ng voqea joyiga kelgan qarindoshlari tomonidan Olma-ota shahriga olib ketildi.

Olib ketishga qarshi tibbiy ko‘rsatma berilgani bois Jumaniyazova Marxamat, tug‘ilgan vaqti 16.08.1996-y. Taraz shahridagi kasalxonada vrachlar nazorati ostida qolmoqda.

Quyidagi vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari jasadlari Qorday markaziy shifoxonasi morgida saqlanmoqda:

1. Abduxaliqov O‘rinboy Mirxamit o‘g‘li, tug‘ilgan vaqti 04.11.1993-y;

2. Kalmuratov Alisher Saparbayevich, tug‘ilgan vaqti 30.12.1988-y;

3. Yermekbayeva Dilorom, tug‘ilgan vaqti 1972-y.

Mavjud tartibga binoan ushbu hamyurtlarimizning shaxslari rasman tasdiqlanganidan so‘ng Qozog‘iston tomoni marhumlar jasadlarini Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasiga (“Jibek Joly” - “G‘isht ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punkti) olib kelishni ta’minlaydi.

Bosh konsulxona vakili zarur holatlarda yordam ko‘rsatish uchun Qorday tumanida qolmoqda.

O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi Elchixonasi jarohatlangan hamyurtlarimiz joylashgan O‘zbekiston FVV samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 4:00da Bishkek shahridan uchib ketganini tasdiqladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net