TIV KONSULLIK-HUQUQIY DEPARTAMENTI AXBOROTI

17.04.2019 16:08

2019-yilning 9-aprel kuni O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga mamlakatimiz fuqarosi Xabibullo O‘rinboyev murojaat qilib Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidan bo‘lgan ukasi G‘olibjonning vafot etganini ma’lum qildi hamda uning jasadini vatanga yuborishda yordam so‘radi. Kasallik tufayli olamdan o‘tgan ushbu hamyurtimiz 2018-yilning mart oyidan buyon Primorye o‘lkasida qonuniy ravishda yashagan va ishchi sifatida turli faoliyatlar bilan shug‘ullangan.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan transport harajatlarining bir qismini qoplashda ko‘mak berish masalasini muhokama qilish uchun Konsulxona Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi Vakolatxonasi bilan bog‘langan.

Zarur hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng Jamg‘arma yordamida marhumning jasadini akasi Vladisvotok-Novosibirsk-Farg‘ona yo‘nalishida O‘zbekistonga olib ketti.

Marhumning oilasi va yaqinlariga hamdardlik birdirgan holda, Konsullik-huquqiy departamenti quyidaglarni eslatadi:

Agarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yaqin qarindoshingiz yoki tanishingiz chet elda yordamga muhtojligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki uning Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net