OAV vakillarining murojaatlariga binoan Koreya Respublikasidagi klinikalardan birida 2018-yil iyul oyidan buyon koma holatida yotgan O‘zbekiston fuqarosi Abram Niyazovga amaliy yordam ko‘rsatish masalasini O‘zbekistonning Seul shahridagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi nazorat ostida ushlab turganini ma’lum qilamiz.
Diplomatik vakolatxona vakillari bemordan muntazam ravishda xabar olib, uning akasi Azizjon Oqilov, kasalxonaning tibbiy va ma’muriy xodimlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Hozirgi paytda vatandoshimizning davolanishi bilan bog‘liq barcha tibbiy harajatlarni qoplash va tegishli tovon pulini to‘lashga oid masalalarni hal qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.