TASHQI ISHLAR VAZIRLIGINING KONSULLIK-HUQUQIY DEPARTAMENTI AXBOROTI

27.04.2019 14:54

2019-yilning 25-aprel kuni Qozog‘istonning Atirau viloyati Politsiya departamentining Ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi ma’lumotiga tayanib OAVda Atirau shahrining huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan bir guruh shaxslar qo‘lga olingani haqidagi habar tarqaldi. Ushbu guruh 16-aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi S.Y.ni o‘g‘irlagani va uning do‘sti O‘zbekiston fuqarosidan 300 ming tenge miqdoridagi pul olgani aytilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti ushbu vaziyat bo‘yicha O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi hodisani aniqlashtirish uchun zaruriy choralar ko‘rayotganligini ma’lum qiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net