TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI KONSULLIK-HUQUQIY DEPARTAMENTI AXBOROTI

01.04.2019 15:02

O‘zbekistonning Olma-ota shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston fuqarosi Jasurbek Toshpulatov 2019-yilning 25-mart kuni diplomatik vakolatxonaga murojaat qilib, hisobga qo‘yib berish bahonasida olib qo‘yilgan va qaytarib berilmagan o‘zining milliy pasportini qaytarib olishida yordam ko‘rsatishni so‘ragan.

O‘rnatilgan tartibdan kelib chiqqan holda 30-mart kuni unga Vatanga qaytish guvohnomasi berildi. Shu bilan birga u pasportining qonunga xilof tarzda olib qo‘yilgani haqida ariza bersa, mazkur masala Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ko‘rib chiqiladi.

Ushbu va shunga o‘xshash boshqa holatlatdan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti xorijga chiquvchi vatandoshlarimizga hech bir holatda va har qanday vajga qaramay O‘zbekiston fuqarosi pasportini begona shaxslarga bermaslik kerakligini eslatadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net