SHAVKAT MIRZIYOYEV «NIHOL» INNOVATSION MAKTABIGA TASHRIF BUYURDI

30.11.2018 12:14

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni Urganch shahridagi «Nihol» innovatsion maktabini borib ko‘rdi.  

Joriy yil sentabr oyida faoliyat boshlagan ushbu nodavlat ta’lim muassasasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mental arifmetika, ingliz va rus tillarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘rgatishga ixtisoslashgan. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida shaxmat to‘garagi tashkil etilgan. Maktabga tayyorlov guruhlari ham yo‘lga qo‘yilgan.  

Maktabda 19 ta fan xonasi, kutubxona, oshxona, sport zali, o‘qituvchilar va hamshira xonalari, faollar zali mavjud.   

Hozirda innovatsion maktab 250 o‘ringa mo‘ljallangan. Ehtiyojdan kelib chiqib yana 500 o‘rinli yangi o‘quv binosi barpo etish rejalashtirilgan. Unda bolalar o‘qishni yuqori sinflarda ham davom ettirib, bilimini mustahkamlab boradi.

Davlatimiz rahbari o‘qituvchilar faqat dars berish bilan shug‘ullanmasdan bolalarning dunyoqarishini o‘stirishi, mantiqiy fikrlashga o‘rgatishi, ularning ruhiyatiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Maktabga avtobus va o‘quvchilarga  planshetlar sovg‘a qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net