Oʻzbekistonda ijtimoiy siyosatning gender vektori

03.08.2023 17:48

Zamonaviy Oʻzbekiston ijtimoiy davlat qurish yoʻliniga qadam qoʻydi.   Bu demakki, davlat aholining huquq va manfaatlari va ening ehtiyojlarini himoya qilish va taʼminlash tizimini samarali shakllantirish, fuqarolar, turli qatlamlar,  toifalar, ayollar va erkaklar, yoshlar va qariyalar farovonligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilib qoʻyganligini anglatadi.Aslini olganda, adolatli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish inson kapitalini rivojlantirish va aholining munosib hayotini taʼminlashga qaratiladi.

Oʻzbekistonning ijtimoiy siyosati bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitlaridan kelib chiqadigan jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni yumshatish, imtiyozlarni qayta taqsimlash orqali munosib turmush sharoitlarini yaratish, bandlikni taʼminlash va aholining ijtimoiy himoyalanmagan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Davlat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida ayollarning rolini oshirishga katta eʼtibor qaratmoqda, ayollar mamlakatning 35 million aholisining toʻliq yarmini (50%) tashkil etadi. Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy - siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, kasb-hunarga oʻrgatish, xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, muhtoj ayollarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, gender tengligini taʼminlash davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan boʻldi. Soʻnggi yillarda ushbu siyosat 2022-2022-yillarda iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida xotin-qizlar faolligini oshirish Milliy dasturi hamda oila va ayollarni tizimli qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident Farmonida oʻz aksini topdi.

Milliy dasturning maqsadi ayollarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada mustahkamlash, ularning salomatligini mustahkamlash, qizlarning taʼlim va tarbiyasi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish,ularning jamiyatdagi rolini kuchaytirish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini shakllantirish va takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirishdan iborat.

Yangilangan Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 58-moddasida ayollar va erkaklar tengligi, davlat jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida ushbu tenglikni taʼminlashi toʻgʻrisidagi qoidalar aks ettirilgan. Umuman olganda, 40 dan ortiq normativ hujjatlarda Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan ijtimoiy siyosat masalalari aks ettirilgan.

 Bugkngi kunda Oʻzbekistonning 2030-yilgacha boʻlgan Gender strategiyasi amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, 2022-yildan beri Vazirlar maxkamasi huzurida oila va ayollar masalalari boʻyicha Kotibiyat, Senatda gender tengligiga erishish boʻyicha komissiya va qoʻmita, kambagʻallikni kamaytirish va bandlik vazirligi tarkibida Oila va ayollar masalalari boʻyicha qoʻmita oʻz ishini qayta boshladi.

Hozirda barcha tashkilot va muassasalar uchun gender ekspertizasi va gender auditi talablari joriy etildi, mamlakatning barcha muassasa va tashkilotlarida gender siyosatini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli shaxs lavozimi joriy etildi.

Prezidentning PK-300 Farmoniga binoan 2022-yilda mahallalarda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalarga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni kompleks yondashuv tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Mamlakat aholisi uchun ishlab chiqilgan "ijtimoiy himoya qilishning yagona reestri" boʻyicha ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish uchun turli vazirlik va idoralarning ijtimoiy soha mutaxassislari, shuningdek, mahallalardagi  4500 dan ortiq xotin-qizlar faollari masʼul etib tayinlandi.

Ayollarga ish topish va mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun har tomonlama maqsadli yordam koʻrsatilmoqda.

2022-yilda butun mamlakat boʻylab 878 000 ayol ish bilan taʼminlandi, joriy yilda esa 230 000 dan ortiq ayol ish bilan taʼminlandi. Qishloq joylarda xotin-qizlarni, ayniqsa, yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikka keng jalb etish ishlari olib borilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2018-yilda Xalq banki bilan birgalikda oila va ayollarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan ayollar uchun 100,0 milliard soʻmdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratildi.

Oʻtgan yarim yil mobaynida 49 708 nafar ayol kichik biznes uchun 206 milliard soʻm, boshqa tadbirkorlik dasturlari doirasida 39 763 nafar ayol Milliy Bank va Oʻzbekistondagi boshqa banklardan 738 milliard soʻm kredit oldi.

2021-yildan boshlab "Ayollar daftarlari" instituti, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga alohida muhtoj ayollarni bosqichma-bosqich va tizimli qoʻllab-quvvatlashning maxsus tizimi sifatida joriy etildi. Hozirda  2.5 milliondan koʻproq  ayol "Ayollar daftarlari" ga kiritilgan. Ulardan 2 millioni allaqachon ijtimoiy yordam olgan. Ushbu tizim ayollarning ehtiyojmand toifalari boʻyicha ishlaydi, bu tizimning pirovard maqsadi ayollarning turmush darajasini bosqichma-bosqich yaxshilashdir.

 Mamlakatimizda 2018-yildan boshlab ayollarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun uy-joy uchun ipoteka subsidiyalarining dastlabki toʻlovlari ajratildi.

Oʻtgan yili ijtimoiy himoyaga alohida muhtoj ayollardan 8 711 mingining xonadonlari taʼmirlandi, 12,9 ming ayol uy-joy sharoitlarini yaxshiladi. Masalan, 2022-yilda boquvchisini yoʻqotgan yoki oilada ota-onasi yoki bolalari nogiron boʻlgan 3343 ayolga birlamchi toʻlovlar yoki ijara haqi toʻlandi. Boquvchisini yoʻqotgan oʻn toʻrt ming ayol maktabgacha taʼlim muassasalarida bolani parvarish qilish uchun ota-ona toʻlovidan ozod qilinib, bu xarajatlarnidavlat oʻz zimmmasiga oldi.

Ayollarni ijtimoiy himoya qilishning alohida yoʻnalishi - bu oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun taʼlim imtiyozlaridir.

Masalan, 2022-yilda 65225 nafar talaba qizlarga 726,8 milliard soʻmlik  7 yilga foizsiz taʼlim kreditlari berildi.

 10089 nafardan ortiq qizlarga magistratura mutaxassisligida oʻqishlari uchun 68,3 milliard soʻmlik shartnoma toʻlovlari qoplandi.

Oʻzbekistonda oilaviy zoʻravonlik qurboni boʻlgan ayollarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimi ham takomillashtirilmoqda, hozirda butun mamlakat boʻylab jabrlangan ayollar uchun  28 reabilitatsiya markazi faoliyat koʻrsatmoqda.

Ularga psixologik, huquqiy va ijtimoiy yordam koʻrsatiladi. Oʻtgan yili 1168 ayollar va ularning bolalari reabilitatsiya dasturlaridan oʻtishdi. Himoya orderlari instituti - zoʻravondan bir yilgacha himoya qilish imkoniyatini beruvchi samarali chora ishlay boshladi. 2022-yilda zoʻravonlik qurbonlari boʻlgan 49774 ayollargata himoya orderi berildi.

Yuqoridagilarni umumlashtirib, xulosa qilishimiz mumkinki, Oʻzbekistonda xotin-qizlar salohiyatini rivojlantirish, munosib turmush sharoitlariga erishish, ijtimoiy himoyalanmagan aholini turmushini yaxshilash boʻyicha samarali chora-tadbirlar bilan, bandlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini faol amalga oshirib, xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilishning noyob tizimi yaratilgan, bu esa aholi farovonlig va inson kapitalining oʻsishiga olib keladi.

 

Lola Saidova  yuridik fanlar doktori , professor

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net