2024-yilning 1-iyul holatiga O'zbekistoning doimiy aholisi 37 134,2 ming kishini tashkil etgan, deb xabar qilmoqda "Dunyo AA" muxbiri.

Statistika agentligi ma'lumotiga ko'ra, respublikaning doimiy aholi soni har kuni o'rtacha 1,8 ming kishiga oshmoqda.
2024-yilning 1-iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi 37 134,2 ming kishini tashkil etgan. Doimiy aholi soni o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga oshgan.
O'zbekiston aholisi 2024-yilning har bir oyida o'rtacha 55,7 ming kishiga oshgan. 2024-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o'rtacha 1,8 ming kishiga ko'paymoqda.
Aholining qariyb 18 million 696 ming nafari erkaklar, 18 million 437 ming nafari ayollar hissasiga to'g'ri keladi. Mamlakatning shahar aholisi soni 18,9 million kishini, qishloqlardagi aholisi 18,2 million kishini tashkil etadi.
Agentlik ma'lumotiga ko'ra, respublika aholisining o'rtacha yoshi 28,5 yosh bo'lgan. Taqqoslash uchun, 2014-yilda aholi o'rtacha yoshi 27,3 yosh edi.