O?zbekiston Xalqaro islom akademiyasi Malayziyaning halol turizm sohasidagi tajribasini o?rganmoqda

23.08.2023 17:43

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Xalqaro islom akademiyasi prorektori Salim Dusanov boshchiligidagi 21 nafar professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiyaning Malayziyaga tashrifi tashkil qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Safar davomida Malayziya xalqaro islom universiteti va Perlis islom universiteti kampuslariga tashriflar va oliygohlarning rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi. Natijada turizm, islom iqtisodiyoti yo‘nalishlarida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy va o‘quv jarayonlarini tashkillashtirish borasida tajriba almashish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Malayziyada qo‘shma kafedrasini tashkil qilish masalasi bo‘yicha fikr almashildi va tegishli rejalar belgilab olindi.

Malayziya xalqaro islom universitetida “Turizmni rivojlantirishning zamonaviy muammolari” mavzusida o‘quv dasturi tashkil qilindi. Seminar doirasida delegatsiya aʼzolari turizmni mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘iga aylantirish, turizm klasterlarini tashkil qilish, halol turizm xizmatlarini joriy qilish yo‘nalishidagi Malayziya tajribasi bilan tanishdilar. Shuningdek, mamlakatning Penang, Kedax, Perlis, Melaka shtatlaridagi va Kuala-Lumpur shahridagi asosiy sayyohlik obyektlarida yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi. Xorijiy tomonga O‘zbekistonda barcha jabhalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, islom sivilizatsiyasining boy merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilish yo‘nalishidagi tizimli ishlar, zamonaviy sayyohlik va transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish, musulmon ziyoratchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumot berildi. O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasining faoliyati taqdim qilindi.

Malayziya halol turizm standartlari bo‘yicha dunyoning yetakchi mamlakati hisoblanadi. “Crescent Rating” xalqaro agentligining “Jahon musulmon turizmi indeksi” (Global Muslim Travel Index) reytingida birinchi o‘rinni egallaydi.

“Malaysia Truly Asia” jahonning eng mashhur va samarali turizm brendlaridan biri hisoblanadi. Mazkur brend ostida 1999 yildan buyon mamlakat butun dunyoda tashqi reklama, bosma nashrlar, onlayn resurslar va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilinadi. Brendning “Facebook” sahifasida obunachilari soni 1,7 million kishini tashkil qiladi. Malayziya Turizm vazirligining kampaniyasi natijasida mamlakatga sayyohlar oqimi so‘nggi 10 yil mobaynida 10 milliondan (2000y.) 26 millionga o‘sgan (2019y.).

Mamlakat poytaxti Kuala-Lumpur sayyohlar tashrifi bo‘yicha dunyodagi yetakchi 10 ta shahar qatorida bo‘lib, yiliga 14 million  xorijiy sayyohni qabul qiladi. Kuala-Lumpurga har yili 22 milliondan ortiq ichki sayyohlar ham tashrif buyurishadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net