O?ZBEKISTON VA GERMANIYA YOSHLAR MASALASIDA O?ZARO TAJRIBA ALMASHDI

28.11.2018 13:24

Mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida xalqaro tajribani o‘rganish, yetakchi davlatlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Germaniyaning Bonn shahrida “Maxalla – O‘zbekistonda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda va fuqarolik jamiyatini qurishda muhim institut” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir Buxoro-Bonn birodarlashgan shaharlari hamkorligidagi “Yoshlar fuqarolik jamiyati rivojining asosi – o‘zbek maxallasi va Germaniyada yoshlar bilan ishlash misolida” maxsus loyihasi doirasida 20-26 noyabr kunlari ushbu mamlakatga tashrif buyurgan buxorolik vakillar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda sobiq nemis poytaxti meriyasi mas’ullari, Germaniya-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati a’zolari hamda mahalliy tadbirkorlar qatnashdi.

Davra suhbati chog‘ida xorijiy ishtirokchilar O‘zbekistonda yoshlarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, shuningdek, yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi hamda yaxshi turmush sharoitiga qaratilayotgan yuksak e’tibor bilan batafsil tanishtirildi. O‘zbekistonning zamonaviy rivojlanishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shu jumladan, turizm va iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ham ma’lumot berildi.

O‘z navbatida, nemis soha mutaxassislari yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Germaniya tajribasi bilan o‘rtoqlashib, bunda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni yuzasidan batafsil ma’lumotlar berishdi.

Tadbir yakunida tomonlar kelajakda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha bir qator yangi loyihalarni amalga oshirish masalasini ham muhokama qilib, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishni maqsad qilib oldilar.

Bonn shahridagi Germaniya-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati prezidenti Kolin Dyurkopning ta’kidlashicha, mazkur tadbir Buxoro-Bonn birodarlashgan shaharlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan loyihaning dastlabki natijalarini sarhisob qilishga imkon berdi.

- Ta’kidlash joizki, bizning loyiha O‘zbekistonda asrlar davomida rivojlangan maxalla instituti va uning yoshlarni yetuk shaxs etib tarbiyalashdagi o‘rni hamda Germaniyada yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni har tomonlama o‘rganish, tomonlar uchun ushbu sohada fikr va tajriba almashishni maqsad qilgan.

Shu o‘rinda, biz germaniyaliklar uchun mazkur sohada O‘zbekiston tajribasini o‘rganish va undagi biz uchun foydali jihatlarni o‘z faoliyatimizga tadbiq etish mazkur loyihaning qadrini oshiradi.

Bu kabi loyihalarning amalga oshirilishi nafaqat Buxoro va Bonn shaharlari, balki O‘zbekiston-Germaniya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga o‘z xissasini qo‘shadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net