O?ZBEKISTON VA FRANSIYANING FAVQULODDA HOLATLARNING OLDINI OLISH BO?YICHA HAMKORLIGI YANGI BOSQICHGA CHIQMOQDA

04.06.2019 12:17

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) delegatsiyasi fuqarolar muhofazasi va favqulodda holatlarning oldini olish sohasini takomillashtirish borasida tajriba almashish maqsadida Fransiyaga tashrif buyurdi.

 

 

Mamlakatimizning Parijdagi elchixonasi ko‘magida Fransiya ichki ishlar vazirligining fuqarolar muhofazasi va favqulodda holatlarni boshqarish bo‘yicha bo‘linmalarida uchrashuv va muzokaralar tashkil etildi.

 O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiya IIV Fuqaro xavfsizligi va krizislarni boshqarish bo‘yicha bosh direksiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 Mazkur tashkilot bosh direksiyasi xalqaro departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Bruno Ulliak mamlakatimiz vakillariga Fransiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatini o‘rganish va tajriba almashishga qiziqish bildirgani uchun minnatdorlik bildirdi. Uurashuvda O‘zbekistonning favqulodda holatlarni bartaraf etish tizimini takomillashtirish borasida erishgan natijalariga ijobiy baho berildi.

 - O‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirishga tayyormiz, - dedi Fuqaro xavfsizligi va krizislarni boshqarish bo‘yicha Bosh direksiya Xalqaro departamenti boshlig‘i Frederik Klovez “Dunyo” AA muxbiri bilan suhbat chog‘ida. - O‘zbekiston FVV delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida izchil rivoj topayotgan hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Uchrashuv va muzokaralar O‘zbekiston va Fransiya fuqaro xavfsizligi tizimi mutaxassislari uchun o‘zaro tajriba va axborot almashish imkonini berdi. Bu esa ikki mamlakat huquqni muhofaza qilish organlarining istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha samarali hamkorligiga xizmat qiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net