O?zbekiston sud ekspertizasi markazi delegatsiyasi Osiyo sud ekspertizasi fanlari tarmog?i aʼzoligiga qabul qilindi

18.09.2023 12:00

/“Dunyo” AA/. Joriy yilning 11-15-sentyabr kunlari O‘zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori Akram Xalilov boshchiligidagi delegatsiya Malayziya poytaxtida bo‘lib o‘tgan Osiyo sud ekspertizasi fanlari tarmog‘ining (Asian Forensic Sciences Network - AFSN) 15-yalpi yig‘ilishi va simpoziumida qatnashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

AFSN 2008 yilda Osiyodagi sud ekspertizasi institutlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, tadqiqotlar o‘tkazish orqali sud ekspertizasi xizmatlari sifatini oshirish, sud-tibbiyot fanini targ‘ib qilish va rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Hozirgi paytda AFSNga 18 ta davlatning sohaga doir 70 ta institut va markazlari aʼzo sifatida qabul qilingan bo‘lib, ular orasida Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tailand, Vyetnam, Bangladesh, Mongoliya va boshqalar bor.

AFSNning joriy yalpi yig‘ilishi va simpoziumi “Yorug‘lik va qorong‘ulik: texnologiyalar dalillarga qarshi” mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Osiyo mintaqasi bo‘ylab sud-tibbiyot sohalarida erishilgan muvaffaqiyatlar, shu jumladan, odil sudlov sohasida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish hamda ushbu yo‘nalishdagi mavjud muammolar bo‘yicha fikr almashildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Osiyo sud ekspertizasi fanlari tarmog‘i aʼzoligiga qabul qilindi.

Simpozium ishtirokchilari respublikada sud ekspertizasi sohasida, shu jumladan, sud-ekspertlik faoliyatini tizimli takomillashtirib borish, barqaror va ilmiy talabga javob beradigan sud ekspertizasi tizimini shakllantirish, sud jarayonlarida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish hamda sud ekspertlarining xolisligi va mustaqilligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyati bilan batafsil tanishtirildi.

Shuningdek, tadbir doirasida Malayziya Fan, texnologiya va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Ximiya departamenti rahbari, AFSN vitse-prezidenti Halima binti Abdul Rahim bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Suhbat davomida ikki tomonlama hamda AFSN bilan sud ekspertiza sohasida hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish masalalari muhokama etildi.

Malayziya tomoni O‘zbekistonda sud ekspertizasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, Markaz bilan ushbu yo‘nalishda hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdor ekanligini taʼkidladi.

Shuningdek, delegatsiyaning Malayziya Fan, texnologiya va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Ximiya departamenti va Kiberxavfsizlik agentligining bosh ofislariga tanishuv tashriflari tashkil etildi. Ushbu idoralar faoliyati hamda Raqamli sud-ekspertiza laboratoriyalarining imkoniyatlari bilan tanishtirildi. 

Muzokaralar natijasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:

– O‘zbekiston va Malayziya hukumatlari o‘rtasida sud-ekspertlik faoliyati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida Memorandum loyihasini kelishish va imzolash jarayonini tezlashtirish;

– X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi ekspertlarining Malayziya Fan, texnologiya va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Ximiya departamentida malaka oshirish kurslari va stajirovkalarini tashkil etish;

– Malayziya Kiberxavfsizlik agentligi bilan raqamli sud ekspertizasi sohasida tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net